Ko‘p beriladigan savollar
Ko‘p beriladigan savollar
1. Chet el valyutasi bank kartalaridagi CVV-kod nima?
CVV-kod bank kartasining orqa tomonida ko‘rsatilgan uch xonali raqam (kod)dir. Qoidaga ko‘ra, kartaning orqa tomonida ko‘rsatilgan 7 ta raqamning ohirgi 3 ta raqamidir. Shuni ta'kidlash kerakki, xavfsizlikni ta'minlash maqsadida CVV-kodni uchinchi shaxslarga ma'lum qilmaslik tavsiya etiladi, chunki bu ma'lumotlar sizning kartangizni internet orqali boshqarish imkonini beradi.
2. Kredit bo‘yicha imtiyozli davr bu nima?
Imtiyozli davr – bu siz kredit bo‘yicha faqat foiz to‘lovlarini amalga oshirishingiz mumkin bo‘lgan vaqt. Bu vaqtda sizga kreditning asosiy summasini so‘ndirish majburiyati yuklatilmaydi.
3. Foizlar kapitalizatsiyasi nimani anglatadi?
Foizlar kapitalizatsiyasi – bu ma'lum muddatda depozit bo‘yicha hisoblangan foizlar omonatning asosiy summasiga qo‘shilishi va keyingi foizlar yangi hosil bo‘lgan summa bo‘yicha hisoblanishi. Boshqacha so‘z bilan – foizlarga ham foiz to‘lanishi.
4. Bank kartaning pin-kodini qanday almashtirish mumkin?
UZCARD va HUMO milliy to‘lov tizimlarining bank kartalari uchun o‘rnatilgan pin-kod istalgan savdo terminali, bankomat orqali yoki bank kartasi ochilgan bankda o‘zgartirish mumkin. Xalqaro to‘lov tizimlari bank kartalari saqlovchilari esa pin-kodni bankomatlarda va xizmat ko‘rsatuvchi banklarda o‘zgartirishlari mumkin.
5. Kredit foizlarini nisbatan kamroq to‘lash maqsadida bir yil oldin iste'mol kreditimni muddatidan oldin so‘ndirish uchun to‘lov grafigiga nisbatan ko‘proq summa to‘lab, bank xodimiga kreditni asosiy qarzidan kamaytirishini aytgan edim. Ammo bank asosiy qarzdan kamaytirmasdan, pullarni hisobvarag‘imda saqlab turgan ekan. Endi bank mendan kredit foizlari bo‘yicha qo‘shimcha to‘lovni talab etmoqda. Aslida esa kredit muddatidan oldin so‘ndirilganda, foizlar kamroq hisoblanishi kerak edi. Ushbu vaziyatda nima qilishim kerak, men qo‘shimcha hisoblangan foizlarni qaytartira olmanmi?
6. Nima sababdan omonat bo‘yicha foiz stavkalariga nisbatan kredit bo‘yicha foiz stavkalari balandroq?
Bank jismoniy va yuridik shaxslardan omonatga pul qabul qiladi hamda ushbu mablag‘larni aholiga kredit sifatida taqdim etadi. Barcha ishlab chiqarish jarayoni kabi, ushbu jarayonda ham “xomashyo” va “yakuniy tayyor mahsulot” o‘rtasida farq mavjud. Ushbu farq bankning opreatsion xarajatlari (xodimlarning ish haqi, ijara, bino uchun xarajatlar, safar va amortizatsiya ajratmalari, sug‘urta, soliq va h.k.), shuningdek, risk bo‘yicha xarajatlardan tashkil topadi (to‘lanmagan kreditlar bo‘yicha majburiyat bank zimmasiga tushadi va shu sababdan bank yetarli darajada rezerv miqdorini yaratishi zarur). Foiz stavkalariga, o‘z navbatida, pul manbalariga iqtisodiyotda talab va taklif darajasi, raqobat va boshqa omillar ham ta'sir ko‘rsatadi.
7. Bank kartasi yo‘qolgan taqdirda nima qilish kerak?
Bank-emitentga qo‘ng‘iroq qilib, bank kartasining yo‘qolganligi haqida xabar berilishi zarur, bunda bank kartasi blokirovka qilinadi. Shundan so‘ng, yo‘qotilgan bank kartasini qayta tiklash uchun bankka ariza topshiriladi. Shuni ta'kidlash joizki, ayrim banklar bank kartasini blokirovka qilish yoki blokirovkadan chiqarish amaliyotlarini bankning mobil' ilovasi orqali amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadi.
8. Men sotib olmoqchi bo‘lgan uy, uning egasi tomonidan kreditga olingan va bank tomonidan taqiqqa qo‘yilgan ekan. Ushbu uyni kredit majburiyatlari bilan sotib olib o‘z nomimga rasmiylashtirishim mumkinmi?
9. Voyaga yetmagan farzand uchun unga voyaga yetganda foydalanish imkoniyatini beruvchi omonat turini qanday qilib ochish mumkin?
Tijorat bankida voyaga yetmagan bola uchun ota yoki onasining shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport/ identifikatsiya ID-kartasi/ yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi/ harbiy bilet) va bolaning tug'ilganlik haqidagi guvohnomasini taqdim etish orqali uning nomiga omonat ochish mumkin. Masalan, bolaning tug'ilgan paytidan boshlab 16 yoshgacha amal qiladigan "Navqiron" omonat turini ochish mumkin. Shuni yodda tutish kerakki, omonat shartlari banklarda farq qilishi mumkin.
10. Omonat mablag'larimni qarindoshlarimga vasiyat qilib qoldirsam bo'ladimi?
Omonat mablag'larini qarindoshlaringizga vasiyat qilib qoldirishingiz mumkin. Buning uchun vasiyatingizni notarius orqali tasdiqlashingiz kerak.