QR-to'lov

Oxirgi yangilanish:  15 Iyul 2020 19:59
4095
QR-to'lov
6

QR-kod (Quick Response Code) – tezkor aniqlanadigan kod hisoblanadi. Ushbu kod obyekt haqidagi ma'lumotni o'zida mujassam etadi. QR-kod Yaponiyada ixtiro qilingan va faqat avtomobil sanoatida ishlatilgan. Ammo vaqt o'tishi bilan bu tizimning afzalliklari, xususan, ma'lumotni tezkor aniqlaydigan qobiliyati mavjudligi tufayli nafaqat avtomobil sohasida, balki boshqa yo'nalishlarda ishlatilib kelinmoqda.

QR-kod oq rang ustida kvadrat setkasida joylashtirilgan qora kvadratlardan iborat bo'lib, smartfon kamerasi kabi tasvirni qayta ishlaydigan moslamalar yordamida o'qish mumkin.

Ushbu kod asosan giperhavola sifatida ishlaydi va bunday rasm (QR-kod)da matn shaklida joylashtirish noqulay bo'lgan yoki qimmatga tushadigan ma'lumotlar mavjud. Ular 4296 belgigacha (simvol) bo'lishi mumkin.

Bugungi kunda QR-kod aloqa (kommunikatsion) jarayonlarini optimallashtiradi, masalan, u yordamida:04

  • vizitkada telefon nomerni shifrlash mumkin va bir marta bosishning o'zi bilan kontaktlar ro'yxatiga qo'shib qo'yish;
  • internet havolasi bo'yicha tezkor o'tish;
  • elektron xat yoki SMS yuborish;
  • manzilning joylashuvini aniqlash;
  • Wi-Fi (internet) routeriga avtomatik tarzda ulanish mumkin.

Bularning hammasidan tashqari ushbu tizim kundalik va turli savdo jarayonlarini sezilarli darajada optimallashtirdi. Bu kichik kvadratlarni mahsulot yorlig'ida, kommunal xizmatlar kvitansiyasida yoki veb-sayt sahifalarida topish mumkin.

"QR-online" - Uzcard va HUMO to'lov terminallarining to'laqonli muqobilidir. Ushbu tizim to'lov va pul o'tkazmalari (QR-to'lovlari) uchun juda qulay yangilik bo'ldi. Ushbu onlayn imkoniyat O'zbekistonda elektron tijoratni muvoffaqiyatli rivojlantirmoqda, chunki u shaxsga naqd pul yoki bank kartalarini olib yurmaslik imkonini beradi. To'lov uchun zarur bo'lgan barcha ma'lumotlar to'lov ilovasi ichida mavjud bo'ladi.

QR-kod yordamida to'lovlarni amalga oshirish tamoyillari

Agar sotuvchi yoki xizmat ko'rsatuvchida QR-kod yordamida to'lash imkoniyati mavjud bo'lsa, ular bank kartalarini qabul qilish uchun savdo terminaliga muhtojlik sezmaydi. Shunda xaridorga bank kartasini olib yurish hojati ham qolmaydi va buning ustiga kartasini boshqa odamning qo'liga berish xataridan o'zini himoya qiladi. Agar to'lov - onlayn harid bo'lsa, bank kartasi yoki shaxsiy ma'lumotlarni internet saytlariga kiritish shart bo'lmaydi.

QR-kod yordamida qanday to'lash kerak?

02
  1. Smartfonga to'lovlar uchun ilovani (Payme, Click va hokazo) yuklab olish lozim. Ilova QR-kod tizimini qo'llab-quvvatlashi kerak;
  2. Bank kartasini ilovaga bog'lash kerak bo'ladi;
  3. To'lov ilovasidan foydalanib QR-kod (ma'lum bir mahsulot yoki xizmat uchun shakllantirilgan kod)ni skanerlash lozim;
  4. Smartfon ekranida pul mablag'larini qabul qiluvchi hamda harid narxi ko'rsatiladi;
  5. To'lovni tasdiqlash.

Savdo va xizmat ko'rsatish korxonalari “QR-online” tizimi orqali mijozlardan qabul qilingan va bank hisobvaraqlariga kirim qilinadigan mablag'larni “Telegram” tarmog'idagi “@onlineqrbot” kanali, mijozning bank shaxsiy kabineti hamda sms-xabarnoma xizmati orqali onlayn rejimida nazorat qilib borishlari mumkin.

Hozirgi kunda ushbu tizimni Toshkent shahrida tatbiq etish doirasida tijorat banklari tomonidan 3,5 mingdan ortiq xo'jalik subyektlarining savdo va xizmat ko'rsatish punktlari tegishli “QR-online” tizimi stikerlari bilan ta'minlandi.




Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda xatoga yo‘l qo‘ysangiz yoki pul mablag‘lari qabul qiluvchiga yetib bormasa nima qilish zarur?

Pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda xatoga yo‘l qo‘ysangiz yoki pul mablag‘lari qabul qiluvchiga yetib bormasa nima qilish zarur?

Elektron hamyon nima?

Elektron hamyon nima?

Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?

Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X