Onlayn-omonat nima va nimani bilish muhim?

Oxirgi yangilanish:  6 Yan 2022 18:11
6039
Onlayn-omonat nima va nimani bilish muhim?
46

"Men pul uchun ishlamayman! Pul men uchun ishlaydi!"
Robert Kiyosaki «Boy ota, kambag‘al ota»

Bugungi kunda, Siz xohlagan valyutada hamda qulay shartlarda uydan yoki ishxonangizdan chiqmagan holda omonat ochishingiz mumkin. Buning uchun bank kartasi hamda mobil ilova bo‘lishi lozim. Banklar onlayn-omonat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini taqdim etmoqda.

Boshqa bankka tegishli bank kartasiga omonat ochsam bo‘ladimi?

50Bankning mobil ilovasi orqali boshqa bank kartasidan onlayn-omonat ochish imkoniyati mavjudligi to‘g‘risida bevosita mobil ilova, bankning rasmiy veb sayti yoki bank xodimlaridan bilsa bo‘ladi. Agar Siz qiziqayotgan bankda omonat ochish imkoniyati faqat mijozlarga taqdim etilsa, shunchaki bank kartasini ochib, unga pul mablag‘larini kiriting. Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida banklar kartani masofaviy ochish xizmatini yo‘lga qo‘ygan. Buning uchun shunchaki bankning veb sayti yoki mobil ilovasi yordamida ariza to‘ldirib, shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport/ identifikatsiya ID-kartasi/ yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi/ harbiy bilet) rasmini yuklasangiz bas.

Onlayn-omonatlarga foizlar qanday hisoblanadi va to‘lanadi?

Onlayn-omonatlarga, oddiy omonatlarga foizlar hisoblanganidek hisoblanadi hamda pul bank kartasiga yoki mobil ilovadagi elektron hamyonga o‘tkaziladi. Foizlarni hisob-kitob qilish uchun Depozit kalkulyatoridan foydalanish lozim.

Bankdagi barcha omonatlarni onlayn ravishda ochish mumkin?

Bu borada banklar siyosati juda xilma-xildir – “oflayn” rejimda ochiladigan omonatlarni har doim ham “onlayn” tarzda ochish mumkin emas.

Bankdan litsenziya qaytarib olingan taqdirda, onlayn-omonatlarni qaytarish kafolatlanganmi?51

Onlayn-omonatlarni ochishda xotirjam bo‘lishingiz mumkin, chunki ular omonatning har qanday turi singari, miqdori va valyutasidan qat'iy nazar, O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq kafolatlanadi.

Omonat bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelganda nima qilish kerak?

Onlayn-omonatlar va mobil ilovalardan foydalanish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelganda, xizmat ko‘rsatuvchi bankning rasmiy veb saytida ko‘rsatilgan raqamlar orqali bog‘lanishingiz mumkin.




Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Omonat nima va uni qanday tushunish kerak?

Omonat nima va uni qanday tushunish kerak?

Depozit (omonat)ni qanday ochish mumkin

Depozit (omonat)ni qanday ochish mumkin

Omonat foizlarini pog‘onali hisoblash: u o‘zi nima va qanday hisoblanadi?

Omonat foizlarini pog‘onali hisoblash: u o‘zi nima va qanday hisoblanadi?

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X