Bankning omonat shartnomasida nimalar bor va nega uni diqqat bilan o‘qish kerak?

Oxirgi yangilanish:  6 Yan 2022 17:55
4048
Bankning omonat shartnomasida nimalar bor va nega uni diqqat bilan o‘qish kerak?
20

Bankdagi omonat shartnomasini olgandan keyin Siz ikkala tomonning huquqlari va majburiyatlari, omonat muddati va shartlari, muddatidan oldin yopilishi shartlari va boshqa muhim ma'lumotlarni topasiz. Shartnomani va unda ko‘rsatilgan barcha bo‘limlarni diqqat bilan o‘rganish kerak, chunki Siz imzo qo‘yishingiz bilan, barcha shartlarga rozi bo‘lishingizni nazarda tutasiz.

203
Shartnomani imzolashdan oldin quyidagilarga alohida e'tibor bering:

Omonat miqdori va muddati. Omonat miqdori, muddati, foiz stavkasi ko‘rsatilgan qismga e'tibor qaratish juda muhim. Agar kelajakda omonatni to‘ldirishni istasangiz, bank xodimidan omonatni to‘ldirish imkoniyati mavjudligi to‘g‘risida so‘rash lozim.

201Foizlarni hisoblash shartlari va tartibi. Bu juda muhim ma'lumot, chunki omonat joylashtirilganda asosiy va qiziqarli qismi foizlardir. Hisoblangan foizlar bir oydagi kunlar soniga qarab farq qilishi va turli davrlar uchun har xil bo‘lishi mumkinligini tushunish muhimdir.

Omonatni muddatidan oldin yopish. Agar to‘satdan Sizga zudlik bilan pul kerak bo‘lsa va Siz kelishilgan sanadan oldin omonatni yopishingiz kerak bo‘lsa, bu haqda bankka bir oydan kechiktirmasdan xabar berishingiz kerak. Bunday holda foizlarni hisoblash tartibi alohida punktda belgilanadi.

Muhim! Omonat to‘liq muddati bo‘yicha yoki har oy uchun foizlaringizni qanday hisoblashingiz, omonatni bankdan muddatidan oldin qaytarib olishda qanday yo’qotishlar bo‘lishi mumkinligi haqida bank xodimidan maslahat oling.

202Rekvizitlarning o’zgarishi. Agar Siz shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni (pasport/ identifikatsiya ID-kartasi/ yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi/ harbiy bilet), familiyangizni, mobil telefon raqamingizni yoqotgan yoki o‘zgartirgan bo‘lsangiz, shartnomaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida qisqa vaqt ichida bankka xabar berishingiz kerak (ma'lumot berish muddati banklarda farq qiladi).

Xabardorlik. Bank kartasidagi operatsiyalar to‘g‘risida ma'lumotni real vaqtda olish juda qulay, chunki shu bilan hisob holatini kuzatib boramiz. Omonat bo‘yicha ham. Shartnoma tuzayotganda Siz ushbu xizmatga ulanib, foizlar va omonat bo‘yicha boshqa operatsiyalarni hisoblashda bankdan xabar olish xizmatini tanlashingiz mumkin. Xabarlarni quyidagilar yordamida olishingiz mumkin:

  • mobil telefon raqamiga SMS xabarlar;
  • bankning mobil ilovasi;
  • elektron pochta;
  • bankning boshqa kommunikatsion kanali yoki bank filialiga tashrif buyurish orqali.

200Shartnoma muddati. Agar omonatingiz Sizga har kuni foyda olib kelishini istasangiz shartnoma muddati (omonat muddati) haqida unutmaslik kerak. Bank Sizning bank shartnomangiz muddati tugaganligi to‘g‘risida Sizga xabar berishga majbur emas. Agar Siz muddatli omonatdan pulingizni olib qo‘ymasangiz, muddat tugagan taqdirda u talab qilib olinguncha omonat turiga aylanadi.

Shartnoma tuzish paytida Siz doimo quyidagi huquqlarga egasiz:

  • Bank xodimidan shartnoma nusxasini olish;
  • Ehtiyotkorlik bilan shartnomani o‘rganing, o‘zingiz bilan uni olib keting va oila a'zolaringiz bilan maslahatlashing va/yoki mutaxassislardan maslahat oling;
  • Agar bank tomonidan shartnoma shartlariga bir tomonlama o‘zgartirish kiritilishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, shartnomani imzolamang.
Yodingizda bo‘lsin! Bank foizlarni to‘lash shartlarini, komissiya miqdorini va tuzilgan shartnomalarning amal qilish muddatini bir tomonlama tartibda o‘zgartirishga haqli emas. Bank bilan shartnoma tuzgandan so‘ng, bitta asl nusxani o‘zingiz bilan saqlang.
Muhim! Bank xizmatlari ko‘rsatish shartlarining o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma'lumotni tijorat banklari veb-saytida, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarning rasmiy sahifalarida yangilik kuchga kirgunga qadar kamida 10 kun oldin e'lon qilish kerak.



Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Omonat nima va uni qanday tushunish kerak?

Omonat nima va uni qanday tushunish kerak?

Depozit (omonat)ni qanday ochish mumkin

Depozit (omonat)ni qanday ochish mumkin

Omonat foizlarini pog‘onali hisoblash: u o‘zi nima va qanday hisoblanadi?

Omonat foizlarini pog‘onali hisoblash: u o‘zi nima va qanday hisoblanadi?

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X