Markaziy bankning “Pedagogik yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun zamonaviy yangi ko‘nikmalar” loyihasi

05.04.2023 14:03:21
163
Markaziy bankning “Pedagogik yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun zamonaviy yangi ko‘nikmalar” loyihasi

Maktab o‘quvchilarning moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar doirasida hamda kadrlar tayyorlash maqsadida Markaziy bank tomonidan O‘zbekiston Respublikasining pedagogik yo‘nalishidagi barcha oliy o‘quv yurtlarida bo‘lib o‘tadigan “Pedagogik yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun zamonaviy yangi ko‘nikmalar” o‘quv loyihasi ishlab chiqildi.

Ushbu loyiha talabalarning o‘quv, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida moliyaviy savodxonlik sohasida yangi bilim va kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan.

Amalga oshirish mexanizmi doirasida talabalar uchun o‘quv treninglari hamda moliyaviy va raqamli moliyaviy savodxonlik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi uslubiy ishlanmalar tanlovi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun (71) 212-73-58 raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin

Finlit.uz bilan moliyaviy savodxonlikni oshirish!

Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Pedagogik yo‘nalishdagi oliy ta'lim muassasalarining 3-4-kurs talabalari uchun moliyaviy savodxonlikni rivojlantirish ta'lim loyihasi

Pedagogik yo‘nalishdagi oliy ta'lim muassasalarining 3-4-kurs talabalari uchun moliyaviy savodxonlikni rivojlantirish ta'lim loyihasi

Videoroliklar tanlovi natijalarini e'lon qilamiz Global Money Week 2023

Videoroliklar tanlovi natijalarini e'lon qilamiz Global Money Week 2023

Eng yaxshi dars ishlanmasi tanlovi natijalarini e'lon qilamiz Global Money Week 2023

Eng yaxshi dars ishlanmasi tanlovi natijalarini e'lon qilamiz Global Money Week 2023



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X