Xotin-qizlarning moliyaviy savodxonligini oshirish oilada moliyaviy barqarorlikni ta'minlashga xizmat qiladi
Joriy yilning 10-11 noyabr' kunlari Markaziy bank tomonidan Jizzax viloyatining Zomin, Baxmal, Forish, Mirzacho‘l tumanlarida xotin-qizlarning moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha trening va davra suhbatlari o‘tkazildi.
Ta'lim tadbirlarida tadbirkorlik faoliyatiga endigina qadam qo‘ygan, “Ayollar daftariga” kiritilgan, chekka mahallalardagi kam daromadli 300 dan ortiq xotin-qizlar ishtirok etdi.
Ta'lim tadbirlari doirasida moliyaviy savodxonlikning fundamental bilimlaridan tashqari, banklarning mobil ilovalari yordamida mablag‘larni onlayn jamg‘arish texnikalari, kredit mablag‘lariga mas'uliyat bilan yondashish hamda moliyaviy xavfsizlikning asosiy qoidalari to‘g‘risidagi amaliy mavzular orqali ishtirokchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirishdi.
Shuningdek, kredit tashkilotlari bilan munosabat o‘rnatishda iste'molchilar huquqlari va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘zlarini qiziktirgan savollariga kerakli tavsiyalar va maslahatlar olishdi.
@finlituzb bilan birgalikda moliyaviy savodxonligingizni oshiring