Shrift hajmi: A A
Sayt rangi: A A

Moliyaviy savodxonlikni oshirish aholi turmush tarzining yaxshilanishiga xizmat qiladi

29 Avg 2022 12:39
533
Moliyaviy savodxonlikni oshirish aholi turmush tarzining yaxshilanishiga xizmat qiladi

Markaziy bank tomonidan xotin-qizlar va mehnat migrantlari oila a'zolarining moliyaviy savodxonligini oshirish va jamg‘arish madaniyatini shakllantirish maqsadida Sirdaryo viloyatida ikki kunlik o‘quv treninglar o‘tkazildi. 

O‘quv tadbirlari davomida Markaziy bank mutaxassislari tomonidan bank omonatlari orqali mablag‘larni jamg‘arish imkoniyatlari, moliyaviy xavfsizlikning asosiy qoidalari, ijobiy kredit tarixini shakllantirish uchun mas'uliyatli qarz olishning ahamiyati, shuningdek, aholi uchun davlat tomonidan yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida tushuntirishlar berildi. 

Sirdaryo, Guliston va Xovos tumanlarida o‘tkazilgan treninglar orqali 200 dan ortiq ayollar hamda 100 ga yaqin mehnat migrantlarining oila a'zolari shaxsiy moliyaviy mablag‘larini boshqarish, kredit tashkilotlari bilan munosabat o‘rnatish va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirishdi.

Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

"Moliyaviy savodxon mahalla" loyihasi

"Moliyaviy savodxon mahalla" loyihasi

Ayollar va yoshlarning moliyaviy madaniyatini shakllantirish, “kibergigiyena”ga o‘rgatish va mikromoliya xizmatlarini ommalashtirish – moliyaviy savodxonlikni yaxshilashning muhim yo‘nalishlaridan biri

Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari mutaxassislari moliyaviy savodxonlik va ommaboplik yo‘nalishida malakasi oshirildi

Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari mutaxassislari moliyaviy savodxonlik va ommaboplik yo‘nalishida malakasi oshirildi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X