Shrift hajmi: A A
Sayt rangi: A A

”Maktablarda moliyaviy savodxonlik oyligi” loyihasi doirasida tadbirlar o‘tkazilmoqda

18 Apr 2022 16:14
399
”Maktablarda moliyaviy savodxonlik oyligi” loyihasi doirasida tadbirlar o‘tkazilmoqda
“Maktablarda moliyaviy savodxonlik oyligi” o‘quv loyihasini amalga oshirish doirasida Markaziy bankning Namangan viloyati bosh boshqarmasi tomonidan Namangan muhandislik-qurilish instituti va Xalq ta'limi vazirligi viloyat boshqarmasi, “Xalq banki” ATB, “Hamkorbank” ATB, “Trastbank” XAB va “Kapitalbank” ATB bilan hamkorlikda 18 ta umumta'lim maktablarining 5-11-sinf o‘qituvchilari uchun amaliy trening o‘tkazildi.

Belgilangan vazifalarga muvofiq o‘qituvchilar o‘z maktablarida mustaqil ravishda moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazishlari va “Nima uchun banklarda jamg‘armalarni saqlash xavfsiz va foydali?”  mavzusida videoroliklarini yuborib tanlovda qatnashishlari mumkin.

O‘z navbatida, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida “Asakabank” AK, Qashqadaryo viloyatida “Ipak yo‘li” AITB, Toshkent viloyatida “Ipoteka-bank” ATIB, Navoiy viloyatida “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan o‘qituvchilar uchun shu kabi treninglar va boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik bo‘yicha jamg‘arma, bank kartalari va moliyaviy xavfsizlikning asosiy qoidalariga bag‘ishlangan ochiq darslar o‘tkazildi.

Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Global Money Week 2025 Toshkentda!

Global Money Week 2025 Toshkentda!

Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha videoroliklar tanlovi g‘oliblari va volontyor – talaba yoshlar taqdirlandi

Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha videoroliklar tanlovi g‘oliblari va volontyor – talaba yoshlar taqdirlandi

Respublikaning 12 ta hududida raqamli moliyaviy savodxonlik va moliyaviy xavfsizlik bo‘yicha  o‘quv tadbirlari o‘tkazildi

Respublikaning 12 ta hududida raqamli moliyaviy savodxonlik va moliyaviy xavfsizlik bo‘yicha o‘quv tadbirlari o‘tkazildi



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X