17 yoshdan 21 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida raqamli moliyaviy savodxonlik
va moliyaviy xavfsizlik masalalarini yorituvchi informatsion videoroliklar bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi.
Tanlovda ishtirok etish tartibi:
1. Tanlov qoidalari bilan tanishib videorolik tayyorlash.
2. Ushbu havola orqali tanlovda ishtirok etish uchun ariza shaklini yuklab olish hamda to‘ldirish.
3. To‘ldirilgan ariza va videorolikni konkurs.cbu@gmail.com elektron manziliga (elektron pochta mavzusida “Global Money Week 2024 videoroliklar tanlovi” deb ko‘rsatib o‘tish shart) yoki pochta manziliga (100001, Toshkent sh., Islom Karimov ko‘chasi, 6), shuningdek, hududiy Bosh boshqarmalari orqali yuborish yoki shaxsan elektron xotirada Markaziy bank binosiga olib kelib berishlari mumkin.
(!) Arizalar qat’iy ravishda joriy yil 1 aprel soat 12:00 ga qadar qabul qilinadi.
4. Tanlov natijalari bo‘yicha Finlit.uz ijtimoiy sahifalari anonslarini kuzatib borish zarur.
Eng yaxshi ijodiy ishlar Markaziy bank tomonidan qimmatbaho sovrinlar bilan mukofotlanadi:
- 1 o‘rin – noutbuk
- 2 o‘rin – smartfon
- 3 o‘rin – smart soat
Tanlov haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun (71) 212-73-58, (71) 212-73-56 raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin
Sizning ijodiy ishlaringizni kutib qolamiz!