Shrift hajmi: A A
Sayt rangi: A A

Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha interaktiv platforma ishga tushirildi

6 Okt 2023 18:30
870
Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha interaktiv platforma ishga tushirildi

“Moliya olami” interaktiv ta'lim platformasi Markaziy bank tomonidan VISA to‘lov tashkiloti bilan hamkorlikda ishga tushirildi.

“Moliya olami”- bu aholi uchun interaktiv “edutainment” formatidagi onlayn o‘quv ta'lim loyihasi.

Platforma o‘quv tematik modullarining 4 ta bosqichidan o‘tishni nazarda tutadi:

  1. «Bilimlar mamlakati» - kartalar va banklar haqida asosiy bilimlar
  2. «Chiqimlar mamlakati» - mablag‘larni oqilona sarflash  
  3. «Omonatlar mamlakati» - jamg‘armalar va sarmoyalar
  4. «Biznes mamlakati» - biznes uchun maslahatlar va layfhaklar

Har bir ishtirokchi 4 ta bosqichdagi moduldan va test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda virtual diplomga ega bo‘ladi.

Shu bilan birga, ishtirokchilar platformada moliyaviy savodxonlik bo‘yicha o‘quv resurslaridan va bank kartalarini ochish uchun tijorat banklarining veb-saytlari havolalaridan foydalanishlari mumkin.

https://financeworld.uz/

Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Moliyaviy savodxonlik ambassadorlari – yangi avlodni moliyaviy bilimlar bilan qo‘llab-quvvatlash loyihasi

Moliyaviy savodxonlik ambassadorlari – yangi avlodni moliyaviy bilimlar bilan qo‘llab-quvvatlash loyihasi

“Moliyaviy savodxon mahalla” loyihasi amalga oshirilmoqda.

“Moliyaviy savodxon mahalla” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Global Money Week 2025: Moliyaviy savodxon avlodni ilhomlantirish

Global Money Week 2025: Moliyaviy savodxon avlodni ilhomlantirish



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X