Markaziy bank tomonidan respublikamizning chekka hududlarida aholining moliyaviy madaniyatini shakllantirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda

Markaziy bank tomonidan respublikamizning chekka hududlarida aholining moliyaviy madaniyatini shakllantirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda

23.03.2023 19:17:20
222
Markaziy bank tomonidan respublikamizning chekka hududlarida aholining moliyaviy madaniyatini shakllantirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda

Ustuvor maqsadli guruhlarning moliyaviy savodxonligi darajasini oshirish maqsadida joriy yilning 14-16 mart kunlari Markaziy bank tomonidan tijorat banklari bilan hamkorlikda Qashqadaryo viloyatida o‘quv tadbirlari o‘tkazildi.

Bank depozitlari orqali jamg‘armalarni shakllantirish imkoniyatlarini, foizlarni hisoblash tartibini, moliyaviy xavfsizlikni asosiy qoidalarini, ijobiy kredit tarixini shakllantirish uchun mas'uliyatli qarz olishning ahamiyatini, shuningdek, aholi uchun imtiyozli kreditlash dasturlarini mazmun-moxiyatini yoritish orqali Qashqadaryo viloyatining Qamashi, Muborak, Mirishkor, Dehqonobod tumanlaridagi 200 nafar yaqin kam ta'minlangan, “Ayollar daftariga” kiritilgan xotin-qizlar va 60 nafarga yaqin yoshlarning moliyaviy madaniyati oshirildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga Markaziy bank va tijorat banklari mutaxassislari tomonidan interfaol shaklida, shuningdek, nazariy va amaliy o‘quv materiallarining yordamida kredit tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik, iste'molchilar huquqlarini himoya qilish va biznes boshlash masalalari bo‘yicha tavsiyalar va maslahatlar atroflicha tushuntirib berildi.

Aholini yanada kengroq xabardor qilish maqsadida tadbir ishtirokchilariga “Bank mahsulotlariga oid ko‘rsatmalari” tarqatma materiallar, shuningdek, faol ishtirokchilarga moliyaviy savodxonlik bo‘yicha kitoblar taqdim etildi.

Respublikaning chekka hududlarida ustuvor maqsadli guruhlarning moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha ta'lim tadbirlari Markaziy bank tomonidan tizimli amalga oshirilmoqda.

Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Navoiy viloyatining chekka hududlarida aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkazildi

Navoiy viloyatining chekka hududlarida aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkazildi

Markaziy bank tomonidan respublikamizning chekka hududlarida aholining moliyaviy madaniyatini shakllantirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda

Markaziy bank tomonidan respublikamizning chekka hududlarida aholining moliyaviy madaniyatini shakllantirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda

“Hududlarda ayollar moliyaviy savodxonligini oshirish” loyihasi | Jizzax viloyati

“Hududlarda ayollar moliyaviy savodxonligini oshirish” loyihasi | Jizzax viloyati



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X