Markaziy bank tomonidan “Uzreport” telekanalining “Fayzli tong” dasturida yangi “Moliyaviy savodxonlik” teleloyihasi

21.10.2022 15:53:59
136
Markaziy bank tomonidan “Uzreport” telekanalining “Fayzli tong” dasturida yangi “Moliyaviy savodxonlik” teleloyihasi

Aholining moliyaviy madaniyatini oshirish maqsadida Markaziy bank tomonidan “Uzreport” telekanalining “Fayzli tong” dasturida yangi “Moliyaviy savodxonlik” teleloyihasi ishga tushirildi.

“Moliyaviy savodxonlik” ta'lim loyihasi Ipak yo‘li bank, Turon bank, O‘zsanoatqurilishbank, Xalk banki hamda “Humo” to‘lov tizimi hamkorligida haftasiga 3 marotaba – har dushanba, chorshanba va juma kunlari efirga uzatiladi.

Loyiha soha mutaxassislari bilan interv'yu shaklida teletomoshabinlar duch kelgan masalalar muhokamasi bilan jonli efir davomida o‘tkaziladi.

Loyihada quyidagi dolzarb mavzular yoritiladi:

  • raqamli moliyaviy savodxonlik va xavfsizlik;
  • jamg‘arish madaniyatini oshirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish;
  • tadbirkorlar uchun moliyaviy savodxonlik.

Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Markaziy bank tomonidan “Uzreport” telekanalining “Fayzli tong” dasturida yangi “Moliyaviy savodxonlik” teleloyihasi

Markaziy bank tomonidan “Uzreport” telekanalining “Fayzli tong” dasturida yangi “Moliyaviy savodxonlik” teleloyihasi

"ORIAT DONO" 106.5 radio to‘lqinida Markaziy bankning moliyaviy savodxonlik bo‘yicha radioviktorinasi g‘oliblari taqdirlandi

"ORIAT DONO" 106.5 radio to‘lqinida Markaziy bankning moliyaviy savodxonlik bo‘yicha radioviktorinasi g‘oliblari taqdirlandi



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X