“Hududlarda ayollar moliyaviy savodxonligini oshirish” loyihasi | Toshkent viloyati

07.10.2022 10:08:57
156
“Hududlarda ayollar moliyaviy savodxonligini oshirish” loyihasi | Toshkent viloyati

Moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish va jamg‘arish madaniyatini shakllantirish maqsadida Markaziy bank Toshkent viloyatida ayollar uchun ikki kunlik o‘quv treninglar tashkil etdi. 

O‘quv tadbirlari davomida Markaziy bank mutaxassislari tomonidan bank omonatlari orqali mablag‘larni jamg‘arish imkoniyatlari, moliyaviy xavfsizlikning asosiy qoidalari, ijobiy kredit tarixini shakllantirish uchun mas'uliyatli qarz olishning ahamiyati, shuningdek, aholi uchun davlat tomonidan yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida tushuntirishlar berildi. 

Parkent, Bo‘stonliq tumanlarida o‘tkazilgan treninglar orqali 160 dan ortiq ayollar shaxsiy moliyaviy mablag‘larini boshqarish, kredit tashkilotlari bilan munosabat o‘rnatish va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirishdi.

Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Samarqand viloyatining chekka hududlarida aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkazildi

Samarqand viloyatining chekka hududlarida aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkazildi

Andijon viloyatining chekka hududlarida aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkazildi

Andijon viloyatining chekka hududlarida aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkazildi

Farg‘ona viloyatining chekka hududlarida aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkazildi

Farg‘ona viloyatining chekka hududlarida aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkazildi



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X