O‘zbekiston va Italiya Markaziy banklari o‘rtasida moliyaviy savodxonlik yo‘nalishida hamkorlik o‘rnatildi

07.10.2022 10:02:36
307
O‘zbekiston va Italiya Markaziy banklari o‘rtasida  moliyaviy savodxonlik yo‘nalishida hamkorlik o‘rnatildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki delegasiyasi moliyaviy ta'limni rivojlantirish bo‘yicha tajriba o‘rganish maqsadida Italiya Markaziy bankiga tashrif buyurdi.

Italiya Markaziy banki tajribasini o‘rganish bilan birgalikda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish va moliyaviy barqarorligini ta'minlash sohasidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Xususan, o‘zaro muhokamalarda quyidagi mavzularga asosiy e'tibor qaratildi:

  • mikro, kichik va o‘rta biznes sub'ektlarining moliyaviy malakasini oshirish;
  • xotin-qizlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamining moliyaviy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish;
  • pul muzeylari yordamida aholining moliyaviy dunyoqarashini kengaytirish, shuningdek qiziqarli shaklda o‘qitish orqali sohaga qiziqtirish.
  • maktablarda moliyaviy ta'limni joriy etish;
  • 15 yoshdan katta talabalarning moliyaviy savodxonligi darajasini aniqlashda Xalqaro talabalarni baholash dasturi (PISA) tadqiqotida ishtirok etish;
  • moliyaviy savodxonlik bo‘yicha loyihalarni monitoring qilish va samaradorligini baholash tizimini yaratish.

Chet ellik hamkasblar bilan muhokamalar davomida O‘zbekistonda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha so‘nggi ikki yil ichida amalga oshirilgan tashabbus va loyihalar alohida e'tirof etilib, “edutainment” shaklidan foydalanib tashkil etilgan faoliyat yuqori baholandi.

Tashrif natijasida o‘rganilgan tajriba moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish doirasida regulyativ tashabbuslarni joriy etishda ustuvorlik bilan qo‘llaniladi.

Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

“Noiqtisodiy yo‘nalishdagi OTM talabalarining moliyaviy savodxonligini oshirish” loyihasida o‘qitilgan volontyorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

“Noiqtisodiy yo‘nalishdagi OTM talabalarining moliyaviy savodxonligini oshirish” loyihasida o‘qitilgan volontyorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha interaktiv platforma ishga tushirildi

Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha interaktiv platforma ishga tushirildi

Markaziy bank va IT-park o‘rtasidagi hamkorlik raqamli moliyaviy savodxonlik sohasida amalga oshiriladi

Markaziy bank va IT-park o‘rtasidagi hamkorlik raqamli moliyaviy savodxonlik sohasida amalga oshiriladi



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X