O‘zbekistonda 12-15 aprel kunlari yoshlar uchun moliyaviy savodxonlik bo‘yicha mahorat darslari bo‘lib o‘tadi
Hurmatli o‘quvchi va talabalar!
Jamg‘arma, mas'uliyatli qarz olish, moliyaviy xavfsizlik, sug‘urta va raqamli moliyaviy xizmatlar haqida ko‘proq bilishni xohlaysizmi? Markaziy bankning keng ko‘lamli ta'lim loyihasida ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
«Global Money Week 2022» doirasida Markaziy bank tomonidan tijorat banklari, sug‘urta va to‘lov tashkilotlari bilan birgalikda butun mamlakat bo‘ylab moliyaviy savodxonlik bo‘yicha mahorat darslari o‘tkaziladi. Tadbirda pul bilan to‘g‘ri munosabatlar haqida eng so‘nggi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz
Yuqori malakali mutaxassislar siz uchun so‘zga chiqib, moliya olamidagi dolzarb yo‘nalishlar haqida gapirib berishadi.
Mahorat darslari har bir viloyatning “Yoshlar markaz”larida o‘tkaziladi
Mahorat darslari jadvali:
▫️ 12 aprel – Andijon, Navoiy, Jizzax shaharlari
▫️ 13 aprel – Farg‘ona, Urganch, Samarqand va Buxoro shaharlari
▫️ 14 aprel – Namangan, Guliston, Qarshi va Nukus shaharlari
▫️ 15 aprel – Nurafshan, Termiz va Toshkent shaharlari
Hududingizdagi yoshlar markazlarining manzillarini toping (
https://telegra.ph/dsdsd-04-04)
#GlobalMoneyWeek2022 #GMW2022 #GMWBuildYourFuture #GMWBeSmartAboutMoney #LearnSaveEarn
@finlituzb

Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Pedagogik yo‘nalishdagi oliy ta'lim muassasalarining 3-4-kurs talabalari uchun moliyaviy savodxonlikni rivojlantirish ta'lim loyihasi

Videoroliklar tanlovi natijalarini e'lon qilamiz Global Money Week 2023

Eng yaxshi dars ishlanmasi tanlovi natijalarini e'lon qilamiz Global Money Week 2023