“Global Money Week 2024” xalqaro ta’lim kampaniyasining “Protect your money, secure your future” shiori ostida o‘tkazilgan mahorat darslarida yoshlarga Markaziy bank mutaxassislari hamda 15 ta tijorat bank vakillari tomonidan raqamli moliyaviy savodxonlik, kiberxavfsizlik, ijtimoiy injeneriya, bankning raqamli xizmatlari, shaxsif moliyaning himoyasi va ko‘paytirish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berildi
Tadbirda jami 2,1 mingdan ortiq yoshlar ishtirok etishdi hamda olingan bilimlarini mustahkamlash uchun mutaxassislar tomonidan interaktiv o‘yinlar va viktorinalar tashkil etildi
Mazkur tadbir yoshlarning moliyaviy erkinlikka erishishga bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida “Global Money Week 2024” xalqaro ta’lim kampaniyasi doirasida o‘tkazildi Yoshlar bilan tizimli ishlash mamlakatni yanada iqtisodiy rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash uchun zamin yaratishga yordam beradi