Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmalarining salohiyatli xodimlari uchun moliyaviy savodxonlik sohasida malaka oshirishga doir amaliy trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmalarining salohiyatli xodimlari uchun moliyaviy savodxonlik sohasida malaka oshirishga doir amaliy trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi

17.04.2024 15:17:11
136
Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmalarining salohiyatli xodimlari uchun moliyaviy savodxonlik sohasida malaka oshirishga doir amaliy trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi
Seminar davomida quyidagi dolzarb mavzular qamrab olindi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 noyabrdagi PQ-364-sonli qaroriga  ko‘ra rasmiy daromadga ega bo‘lmagan shaxslar o‘zini o‘zi band qilishlari va tadbirkorlikni boshlashlari uchun mikromoliya xizmatlarining o‘rni to‘g‘risida aholini xabardor qilish; 

aholini biznesga jalb qilish va tadbirkorlik faoliyatini boshlashning muhim jihatlari; 

aholi va tadbirkorlik sub’yektlari uchun “oilaviy tadbirkor - mikrobiznes – kichik biznes – o‘rta biznes” zanjiri asosida yaratilgan imkoniyatlar;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 30 noyabrdagi PQ-381-sonli qarori doirasida  zamonaviy tahdidlar, bank kartalari (karta rekvizitlari) bilan, shu jumladan, elektron to‘lov tizimlari orqali noqonuniy operatsiyalarning oldini olish bo‘yicha aholining raqamli moliyaviy savodxonligini oshirish;

ustuvor maqsadli guruhlar uchun o‘quv tadbirlari tashkil etishning yangi shakllari hamda dolzarb yo‘nalishlari.

Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmalari vakillari tomonidan moliyaviy savodxonlik bo‘yicha 2023 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2024 yilga mo‘ljallangan loyihalar yuzasidan ma’lumot berildi hamda o‘zaro muhokamalar asosida fikr almashildi.
Amaliy treningda muhokama qilingan yo‘nalishlar bo‘yicha hududiy Bosh boshqarmalar tomonidan yil davomida chekka hududlarda aholi uchun o‘quv tadbirlari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Ayollar va yoshlarning moliyaviy madaniyatini shakllantirish, “kibergigiyena”ga o‘rgatish va mikromoliya xizmatlarini ommalashtirish – moliyaviy savodxonlikni yaxshilashning muhim yo‘nalishlaridan biri

Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari mutaxassislari moliyaviy savodxonlik va ommaboplik yo‘nalishida malakasi oshirildi

Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari mutaxassislari moliyaviy savodxonlik va ommaboplik yo‘nalishida malakasi oshirildi

Respublikamizning chekka tumanlarida aholining kiberjinoyatlar qurboniga aylanishining oldini olish, banklarga bo‘lgan ishonchini hamda raqamli moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X