Ayollar va yoshlarning moliyaviy madaniyatini shakllantirish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish – moliyaviy savodxonlikni yaxshilashning muhim yo‘nalishlari

17.04.2024 15:13:13
117
Ayollar va yoshlarning moliyaviy madaniyatini shakllantirish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish – moliyaviy savodxonlikni yaxshilashning muhim yo‘nalishlari

Respublikaning chekka tumanlaridagi  maqsadli guruhlarning jamg‘arish madaniyatini shakllantirish, banklarga bo‘lgan ishonchini hamda raqamli moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.  Markaziy bank tomonidan navbatdagi o‘quv-trening tadbirlari Surxondaryo viloyatida  bo‘lib o‘tdi.

Xususan, viloyatning Sherobod va Uzun tumanlarida o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotlarida tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan, shuningdek, “Ayollar daftariga” kiritilgan 64 nafar xotin-qizlar, 14 nafar mahalla raislari, 89 nafar hokim yordamchilari hamda 105 nafar yosh tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Kun tartibida aholini tadbirkorlikka jalb qilish, jumladan, o‘zini-o‘zi band qilishda yaratilgan mikromoliyaviy xizmatlarning imkoniyatlari, imtiyozli kreditlash dasturlari, ijobiy kredit tarixini shakllantirishda mas’uliyatli qarz olishning ahamiyati, shuningdek, moliyaviy xavfsizlikning asosiy qoidalari kabi mavzularga alohida e’tibor qaratildi.

Treninglar davomida Markaziy bank va tijorat banklari mutaxassislari tomonidan kredit tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari bo‘yicha tavsiya va maslahatlar berildi.

Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Ayollar va yoshlarning moliyaviy madaniyatini shakllantirish, “kibergigiyena”ga o‘rgatish va mikromoliya xizmatlarini ommalashtirish – moliyaviy savodxonlikni yaxshilashning muhim yo‘nalishlaridan biri

Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari mutaxassislari moliyaviy savodxonlik va ommaboplik yo‘nalishida malakasi oshirildi

Respublikamizning chekka tumanlarida aholining kiberjinoyatlar qurboniga aylanishining oldini olish, banklarga bo‘lgan ishonchini hamda raqamli moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X