Shrift hajmi: A A
Sayt rangi: A A

Mushoraka (Sherikchilik)

Oxirgi yangilanish:  22 Apr 2026 10:01
228
Mushoraka (Sherikchilik)
1

Mushoraka (Sherikchilik) – bu foyda va zararlarni taqsimlashga asoslangan moliyaviy xizmat bo'lib, unda mikromoliya tashkiloti va uning mijozlari birgalikdagi faoliyat uchun o'zaro kelishuv asosida ma'lum miqdordagi pul yoki moddiy aktivlarni investitsiya qiladilar.

Sherikchilik doirasida ishtirokchilar sheriklik faoliyatini boshqarish huquqini bir nechta sheriklarga yoki bitta sherikga o'tkazish to'g'risida kelishib olishlari mumkin.

Moddiy aktivlar kapitalga pul bo'lmagan ulush sifatida kiritilganda, sheriklik doirasida ushbu aktivlarning pul ekvivalenti qiymati baholanishi va shu asosda sheriklik ishtirokchilarining umumiy kapitaldagi ulushi aniqlanishi zarur.

Debitorlik qarzlarini sheriklik kapitaliga qo'shgan ulush tarkibiga kiritishga yo'l qo'yilmaydi.

Mikromoliya tashkiloti va uning mijozi (mijozlari) cheklangan yoki cheklanmagan muddatga sheriklik shartnomasini tuzishlari, shuningdek shartnomani bekor qilish shartlarini o'zaro kelishib olishlari mumkin.

Sherikchilik shartnomasini tuzishda mikromoliya tashkiloti va mijoz (mijozlar) ulushlar hajmini va foyda qanday taqsimlanishini aniq belgilab olishlari zarur hisoblanadi.

Agar shartnomada boshqa shart ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, foyda mikromoliya tashkiloti va mijoz o‘rtasida ularning har birining kapitaldagi ulushlari miqdoriga asosan taqsimlanadi. Bunda, daromadni aniq bir summa sifatida belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Daromadni yakuniy taqsimlashni umumiy daromad va boshlang‘ich sarmoya sifatida kiritilgan kapitaldan operatsion xarajatlar, komission to‘lovlar, soliq va boshqa yig‘imlarni olib tashlagandan so‘ng amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

Faoliyatdan ko‘rilgan zarar ham sheriklar o‘rtasida ularning har birining kapitaldagi ulushidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Sherikchilik doirasida mikromoliya tashkiloti kapitaldagi o‘z ulushini mijozga alohida shartnoma asosida sotishi mumkin.

Sherikchilik doirasida tuzilgan shartnomaning har bir ishtirokchisi boshqa ishtirokchilarga xabar bergan holda shartnomadan voz kechish huquqiga ega. Shartnomadan bir yoki bir nechta tomonlarning (ishtirokchilarning) chiqib ketishi qolgan ishtirokchilar o‘rtasida hamkorlik munosabatlari tugatilishini anglatmaydi.

 





Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Muzoraba

Muzoraba

Mushoraka (Sherikchilik)

Mushoraka (Sherikchilik)

Islomiy moliya — bu qanday moliyaviy tizim?

Islomiy moliya — bu qanday moliyaviy tizim?

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X