3D-Secure (3-Domain Secure) — onlayn toʻlovlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida xalqaro kartalar uchun ishlab chiqilgan zamonaviy texnologiya. Bu bir martalik maxfiy parol bo`lib, sizning kartangizdan pulni yechib olishga roziligingizning qo'shimcha tasdig'idir.
U CVV kodi yoki karta PIN kodidan qanday farq qiladi?
3D-Secure - bu bir martalik 6 ta raqamdan iborat parol. Buni eslab qolishning hojati yo'q, chunki har safar onlayn to'lovni amalga oshirganingizda xalqaro kartangizga biriktirilgan telefon raqamiga SMS-xabar ko'rinishidagi noyob parol yuboriladi.
Muhim! Ushbu xizmatni nafaqat telefon raqamiga SMS xabar sifatida, balki elektron pochtaga kodli xat sifatida ham faollashtirish mumkin - chet el safarida bo'lsangiz bu asqotadi.
Ushbu xizmatni qanday faollashtirishim mumkin?
Ba'zi banklarda ushbu xizmat avtomatik ravishda faollashtiriladi, ammo har qanday holatda ham xizmat ko'rsatuvchi bankdan buni aniqlash kerak. Agar u avtomatik ravishda taqdim etilmasa, xizmat ko'rsatuvchi bank mutaxassislariga murojaat qilib uni faollashtirish mumkin.
3D-Secure xizmatini faollashtirish uchun siz SMS-xabar xizmatini ham faollashtirishingiz kerak.
Internet-saytlarda 3D Secure himoyasi orqali kartadan tovarlar va xizmatlar uchun onlayn to'lovni amalga oshirish tartibi:
- Mijoz saytdagi mahsulot yoki xizmatni tanlaydi va “Verified by Visa” logotipi mavjudligiga ishonch hosil qilishi kerak – bu xavfsizlikning yuqori darajasini kafolatlaydi.
- Mijoz xalqaro bank kartasi ma’lumotlarini veb-saytga kiritadi (standart xarid jarayoniga o‘xshash)
- Internet savdogar mijozni bank bilan bog'laydi - alohida xavfsiz sahifaga yo'naltiradi
- Shu bilan birga, mijozga bir martalik parol bilan SMS-xabar yuboriladi
- Ushbu sahifada mijoz xabarda olingan parolni kiritadi
- Avtomatik ravishda savdogarning veb-saytiga qaytiladi va xarid uchun to'lov amalga oshiriladi
- To'lov faqat parol muvaffaqiyatli kiritilgandan so'ng amalga oshiriladi
3-D Secure orqali firibgarlik xavflarni kamaytirish uchun quyidagi ehtiyot choralarini ko'rish tavsiya etiladi:
- Ogohlantirish: Telefon raqamingiz o'zgarganligi haqida bankni xabardor qiling, shunda bank sizning yangi raqamingizga to'lovni tasdiqlash kodlari bilan SMS-xabarni yo'naltiradi;
- Xabardor bo'lish: shaxsiy ma'lumotlaringiz firibgarlar qo`liga tushishini oldini olish uchun har doim fishing va ijtimoiy injeneriya usullaridan xabardor bo'ling.
- Xarid qilishda ehtiyotkorlik: 3D Secure texnologiyasidan foydalanmaydigan saytlarda xarid qilmang yoki xizmatlar uchun to'lovlarni amalga oshirmang;
- Hiylalarga ishonib qolmaslik: Tasdiqlash kodlaringizni hech kimga aytmang. Sizning kartangiz ma'lumotlarini bilib olmoqchi bo`lgan firibgarlar odatda SMS-xabar kodini bilish uchun qo'ng'iroq qilishadi.
Ushbu chora-tadbirlar 3-D Secure dasturi orqali firibgarlik bilan bog'liq xavflarni minimallashtirish va onlayn tranzaktsiyalar uchun yuqori darajadagi xavfsizlikni ta'minlashga yordam beradi