Markaziy bank “Umumjahon pul xaftaligi” (Global Money Week 2023) doirasida yoshlar o‘rtasida “Pulingizni rejalashtiring. Kelajagingizni rejalashtiring” mavzusida videoroliklar tanlovini e'lon qiladi
Markaziy bank aholining 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida videoroliklar tanlov o‘tkazmoqda. Ushbu tanlovda moliyaviy savodxonlik mavzusida: moliyaviy rejalashtirish, moliyaviy maqsadlarni, raqamli moliyaviy savodxonlik va jamg‘arish madaniyati yo‘nalishlarida ijodiy informasion videorolik yaratish va yuborish ko‘zda tutilgan.
Tanlovda ishtirok etish tartibi:
- 2023-yil 30-aprelgacha “Pulingizni rejalashtiring. Kelajagingizni rejalashtiring” mavzusida 2 daqiqagacha bo‘lgan informativ videorolik suratga olish.
- Ushbu havola orqali tanlovda ishtirok etish uchun ariza shaklini yuklab olish hamda to‘ldirish.
- Ariza va videorolikni konkurs.cbu@gmail.com elektron manziliga yuborish (elektron pochta mavzusida “Global Money Week 2023 videoroliklar tanlovi” deb ko‘rsatib o‘tish shart) yoki pochta manziliga (100001, Toshkent sh., Islom Karimov ko‘chasi, 6), hududiy Bosh boshqarmalari (https://cbu.uz/oz/about/central-office/regional/) orqali yuborishi yoki shaxsan elektron xotirada Markaziy bank binosiga olib kelib berishlari mumkin.
- Finlit.uz ijtimoiy sahifalarida anonslarni kuzatib borish zarur.
Eng yaxshi ijodiy ishlar Markaziy bankning qimmatbaho sovg‘alarini qo‘lga kiritadilar:
- 1 o‘rin – noutbuk
- 2 o‘rin – smartfon
- 3 o‘rin – smart soat
“Umumjahon pul xaftaligi” (Global Money Week 2023) doirasida yoshlar o‘rtasida “Pulingizni rejalashtiring. Kelajagingizni rejalashtiring” mavzusida videoroliklar tanlovi Qoidalari
Tanlov haqida qo‘shimcha ma'lumot olish uchun (71) 212-73-58 raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin
Sizdan ijodiy ishlarni kutib qolamiz!